KOLLEJGA E’TIBOR
2024-12-13 13:55:00 / Yangiliklar
USAIDning “Suv resurslari va atrof-muhit bo‘yicha mintaqaviy loyihasi” doirasida kollejga optik nivelir, tuproq sho‘rligi va suvning minerallashuvini o‘lchaydigan uskuna (elektrokonduktometr), suv tezligini o‘lchash uchun tayoqchali gidrometrik vertushkalar, tuproq namligini aniqlash uchun namlik o‘lchagich (vlagometr), kompyuter va proektorlar topshirildi.
Tadbirda respublikaizdagi suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejlari rahbarlari va o‘qituvchilari hamda viloyat suv xo‘jaligi tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
- Mazkur ko‘makdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida ularning texnik salohiyatini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini oshirishdan iborat bo‘lib, bu o‘z navbatida, tizimda kadrlar bazasini mustahkamlashga va bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi” – dedi loyiha menejeri Yekaterina Strikeleva.
Shuningdek, tadbir davomida qatnashuvchilar bilan loyiha tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv moduli, ya’ni suv, energiya, oziq-ovqat xavfsizligi ekotizimining “Neksus” (WEFE) simulyatsiya o‘yini o‘tkazilib, ularning suv resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarishdagi ko‘nikmalari birgalikda tahlil qilindi.
Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB matbuot xizmati