KORRUPSIYA – INSONLAR FAROVONLIGIGA QARSHI JINOYAT!
2024-12-06 17:00:00 / Yangiliklar
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasida 9-dekabr – Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ochilishida inspeksiya boshlig‘i R.Rahimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol qatnashish, inspeksiya tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish va bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha muntazam targ‘ibot olib borish zarurligini ta’kidladi.
Inspeksiya tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish yuzasidan xodimlarning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish haqida fikrlar bildirildi.
Axborot xizmati