MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2024-11-09 08:45:00 / Yangiliklar
Anjuman “Markaziy Osiyoda suv: kelajak hamkorlikda” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tashkil etildi.
Unda Sh.Xamrayev Davlatimiz rahbari raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqib vazirlik oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Xususan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, kanallarni betonlash, nasos stansiyalarini modernizasiya qilish, sohani raqamlashtirish, yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash, lazerli tekislash, sho‘r yuvishda suvni isrof qilmaslik masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zA muxbirining 2025-yil – suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili”da vazirlik rejalashtirayotgan chora-tadbirlar, “O‘zbekiston 24” telekanali muxbirining Markaziy Osiyo davlatlari bilan suvni hisob-kitob qilishda shaffof tizimdan foydalanish va transchegaraviy suv manbalaridagi gidrotexnik inshootlarga raqamli texnologiyalarni o‘rnatish haqidagi savollariga batafsil javoblar berildi.
Axborot xizmati