DENOVLIK IRRIGATORLAR KUZGI-QISHKI TADBIRLARNI JADALLASHTIRAYAPTI
2024-10-02 14:25:00 / Yangiliklar
Bugungacha muassasa balansidagi 1,5 kilometr uzunlikdagi kanallar mexanizmlar yordamida tozalandi. Kanallar, ariqlar va boshqa sug‘orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlar va gidropostlar ham sozlanib, bo‘yoqlanmoqda.
Muassasa irrigatorlarining joylarga chiqib, fermer xo‘jaliklari a’zolari va mahalla fuqarolarini ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalashga da’vat etayotgani ham behuda ketmayapti. Ariqlar mexanizmlar va qo‘l kuchi yordamida loyqa va chiqindilardan tozalab chiqilayapti. Kuz-qish oylarida ichki sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash rejalashtirilgan 80 dona gidrotexnik inshootining 12 donasi, 90 dona gidropostning 19 donasi ta’mirlanib, bo‘yoqlandi. Suv olish quloqlarini 12 donasi jihozlandi.
Amu-Surxon ITHB matbuot xizmati