Surxondaryo sanoati izchil rivojlanmoqda
2025-11-03 20:50:00 / Yangiliklar

📊 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda sanoat mahsulotlari hajmi 12,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,9 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Surxondaryo respublikada 5-o‘rinni egalladi.
📶 So‘nggi yillarda viloyat sanoati hajmi 2016-yildagi 2,2 trln so‘mdan 15 trln so‘mgacha oshdi, yil yakuniga qadar esa 17,4 trln so‘mdan ortishi kutilmoqda. Shu bilan birga, 2,2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etildi va 4 mingdan ziyod sanoat korxonalari ishga tushirildi.
🆕 Viloyatda ilgari mavjud bo‘lmagan charm, farmatsevtika, zargarlik, keramika buyumlari, sendvich panellar va bo‘yalgan mato ishlab chiqarish kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
📈 Sanoat tarmoqlari bo‘yicha natijalar:
➖Tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari — 3,6 trln so‘m (34%);
➖Oziq-ovqat mahsulotlari — 1,9 trln so‘m (18%);
➖Qurilish materiallari — 1,2 trln so‘m (11%).
🏗 Sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2021-yildagi 7,7 foizdan 9,6 foizgacha oshgan bo‘lsa, eng yuqori o‘sish mebel (152,5%), oziq-ovqat (116,4%) va qurilish materiallari (115,8%) sohalarida qayd etildi.
📈 2025-yil yakuniga kelib sanoat hajmini 17,8 trln so‘mga, o‘sish sur’atini esa 107,2 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
🙌 Shuningdek, so‘nggi oylarda faoliyati to‘xtab qolgan ikkita yirik sanoat korxonasi qayta ishga tushirildi, natijada 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratildi hamda 621 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
🔰 Surxondaryo viloyatida sanoat sohasidagi barqaror o‘sish hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
