Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida videokonferensaloqa shaklida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi.
2025-10-11 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, eng muhimi — tashabbus va g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishda ko‘maklashish maqsadida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, muammolarini tezkor hal etish hamda faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni joyida bartaraf etish bo‘yicha muntazam ravishda onlayn qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida videokonferensaloqa shaklida navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Tadbir Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilib, unda viloyat, shahar va tumanlardagi mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Hududiy studiyalar orqali 48 nafar tadbirkor tomonidan bildirilgan 50 dan ortiq murojaat tinglandi. Qabul jarayonida 11 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa tegishliligi bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshirilib, qat’iy nazoratga olindi.
Viloyat rahbari har bir murojaatni chuqur o‘rganish, ularni tizimli va amaliy yechimlar orqali hal etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini manzilli hal etish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Eslatma: Tadbirkorlar o‘z murojaatlarini quyidagi aloqa kanallari orqali yuborishlari mumkin:
📞 Telefon: (376) 228-69-74
📞 Qisqa raqam: 1055
✈️ Telegram guruhi: @surxondaryo_qabul




