Prezidentimizning farmon va qarorlari hamda topshiriqlari asosida mamlakatimizda teatr san’atini rivojlantirish, teatrlar faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2025-09-26 16:05:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida ham teatrlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurib, muassasaning faoliyati hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan taqdimotlar bilan tanishdi.
Tashrif doirasida mas’ullarga teatr binosini ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, jamoaning gastrol safarlarini tashkil etish va repertuarni boyitishda zarur ko‘mak berish vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida "Termiz" hayvonot bog‘i faoliyatini takomillashtirish, turlarni kengaytirish hamda avval bo‘lmagan hayvonlarni olib kelib moslashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilib, amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida, Surxondaryo viloyat Qo‘g‘irchoq teatri 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 240 o‘rinli zalga ega. Teatrning ilk sahna asari — "Tuyaqush-boyoqush" spektakli bo‘lgan.






