Sho‘rchi tumanida joriy yil 4-avgust kuni sodir bo‘lgan "Asl diyor" savdo kompleksidagi hodisa oqibatlarini bartaraf etish va obyektni qayta rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
2025-08-25 16:35:00 / Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov hududda amalga oshirilayotgan tozalash va qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Belgilangan topshiriqlar asosida qayta qurish va moslashtirish jarayonida savdo kompleksi hamda hududdagi bozorni yong‘in xavfsizligi va texnik me’yorlar talablariga to‘liq javob beradigan holatga keltirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, viloyat rahbari savdo kompleksida faoliyat yuritgan tadbirkorlar bilan uchrashib, qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga qadar ularni vaqtinchalik boshqa joyga ko‘chirish, faoliyatini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, ehtiyoji borlarga esa kreditlar ajratish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.






