Navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi va ijro intizomi muhokama qilindi. Ayrim mas’ullarga chora ko‘rildi
2025-08-19 11:05:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi onlayn “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi. Qabul avvalida ijro intizomi, Prezident va Hukumat qarorlari, topshiriqlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi muhokama qilindi.
Ijro intizomiga sovuqqonlik bilan qaragan mas’ullarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi. Jumladan, Jarqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini vazifasidan ozod etish hamda Denov tumani hokimining birinchi o‘rinbosarini Jarqo‘rg‘on tumaniga rotatsiya qilish, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi, “Amu Surxon” ITH, Madaniy meros, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, “Surxondaryo suv ta’minot” MCHJ va “Surxondaryoyo‘lko‘kalam” DUK rahbarlarini intizomiy jazoga tortish topshirig‘i berildi.
Shundan so‘ng, shahar va tumanlar studiyalari orqali 70 nafar tadbirkorning 81 ta masaladagi murojaati tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning 10 tasi qabul davomida hal etildi. Qolgan murojaatlar batafsil o‘rganish va hal etish vazifasi bilan mas’ullarga yo‘naltirildi. Ijrosi nazoratga olindi.
Tadbirkorlar qabulida ishtirok etish uchun “Call-syentr”ning quyidagi telefon raqamlariga haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha yoki istalgan vaqtda https://t.me/Tadbirkorlar_MurojaatiBot telegram botiga murojaat qilish mumkin.
☎️ (76) 223-18-32
☎️ (76) 223-18-33
☎️ (76) 223-18-34
☎️ (76) 223-18-35
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati




