"Navro‘z" umumxalq bayrami sayllari o‘tkazilmoqda.
2025-03-17 21:05:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida sharqona Yangi yil, yangilanish va yasharish ayyomi – "Navro‘z" umumxalq bayrami sayllari o‘tkazilmoqda. Viloyatdagi asosiy bayram tadbirlari 19-mart kuni tashkil etiladi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi "San’at saroyi" hududida bayram sayllarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Sahna va maydonlarning dekoratsiyasi, hududni milliy an’analarni aks ettiruvchi mahsulotlar bilan bezatish ishlari yakuniy bosqichda davom etmoqda.
Viloyat rahbari bayram dasturiga muvofiq barcha tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, jamoat tartibini ta’minlash hamda bayramni munosib va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi.






