Xitoyning "Boseon (Shenzhen) International Trade Co Ltd.", "Zhuhai Hengqin Huoliwuxian Technology Ltd." va "Chenye" kompaniyalari...
2025-03-17 19:10:00 / Yangiliklar
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning "Boseon (Shenzhen) International Trade Co Ltd.", "Zhuhai Hengqin Huoliwuxian Technology Ltd." va "Chenye" kompaniyalari asoschilari va mas’ul vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Surxondaryo viloyatida Xitoy kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, kelajakdagi rejalar va investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, viloyatning investitsion salohiyati haqida taqdimot o‘tkazildi.
Ikki tomon yangi loyihalarni amalga oshirish, xususan, sanoat zonasi tashkil etish takliflarini ko‘rib chiqdi. Ushbu takliflarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyihalarni mas’ul mutaxassislar ishtirokida yanada chuqur muhokama qilishga kelishildi.
Mazkur tashabbus viloyatda sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


