Surxondaryo viloyatining har bir hududida yirik qurilish loyihalari, turar-joy komplekslari va tadbirkorlik inshootlari barpo etilmoqda.
2025-03-10 18:05:00 / Yangiliklar

Xususan, "Yangi Termiz city" massivi, "Do‘stlik" mahallasidagi Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab ko‘p qavatli uy-joylar, biznes markaz, xususiy klinika, bog‘cha va ko‘ngilochar maskan, "Kattabog‘" mahallasining "Termiz Mall" savdo kompleksi va turar-joylari qurilishi bilan tanishildi. Shuningdek, Saxovat mahallasida Beruniy va Istiqlol ko‘chalarini batafsil rejalashtirish, ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish va infratuzilmani takomillashtirish loyihasi taqdim qilindi.
Qurilish ishlarini shaharsozlik va qurilish normalari asosida tashkil etish topshirildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi hamda "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish markazi" viloyat hududiy boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi. Tashkilot rahbarlari o‘tgan yildagi faoliyat va joriy yildagi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Tashrif yakunida viloyat rahbari Termiz shahar "Avtoshohbekati"da bo‘lib, Transport boshqarmasining jamoat transportini rivojlantirish, shaharlararo avtobus qatnovlarini samarali tashkil etish borasidagi ishlarini ko‘zdan kechirdi. Avtobuslarning holati o‘rganilib, haydovchilar bilan suhbat o‘tkazildi.









