"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida...
2025-02-26 22:25:00 / Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, 66-sonli umumta’lim maktabida "Yagona ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalar farzandlarini fan, sport va kasb to‘garaklariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, maktabda inklyuziv salomatlik yo‘lagi tashkil etilishi bilan bog‘liq ishlar o‘rganilib, mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Shundan so‘ng, viloyat hokimi Qumqo‘rg‘on tumani Sport maktabiga tashrif buyurib, Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Unda ommaviy sportni rivojlantirish va sohada raqamlashtirishni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Sport maktabining zalini "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida ta’mirlash choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.






