Viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qaroriga asosan vohamiz hududlaridagi 22 ta bir kunlik bozorlarni rekonstruksiya qilish...
2025-02-15 15:25:00 / Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifining navbatdagi manzilida rekonstruksiya qilingan "Paxtaobod" savdo majmuasi bilan tanishdi. Bozorda quyosh panellari o‘rnatish, yo‘l va yo‘laklar hamda rastalarni ta’mirlash ishlari bajrilgan. Mutasaddilarga savdo kompleksining har kuni ishlashini ta’minlash, quyosh panellari o‘rnatishni kengaytirish, atrofidagi bo‘sh maydonlarda loyihalarni yo‘lga qo‘yish va infrastrukturani yaxshilash orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish vazifasi topshirildi.
Shundan so‘ng, besh yildan buyon faoliyat yuritmayotgan, hududi qarovsiz qolgan buyum bozori o‘rnida tadbirkor tashabbusi bilan zamonaviy loyiha asosida "Qumqo‘rg‘on markaziy dehqon oziq-ovqat bozori" majmuasini qurish ishlariga start berildi. Loyiha doirasida bozorni kengaytirish, zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash hamda ish o‘rinlari sonini oshirish rejalashtirilgan.






