Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumaniga tashrifini davom ettirib, 2-sonli politexnikum faoliyati bilan tanishdi.
2025-01-25 22:25:00 / Yangiliklar

Shundan so‘ng, "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida aholi xonadonlarida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik loyihalari, xususan, chilangarlik, qandolatchilik, tomorqadan samarali foydalanish, uzumchilikni rivojlantirish, zovurlarda o‘rdakchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar bilan tanishildi.
Mutasaddilar shu yerning o‘zida tumandagi 8 ta mahallada "Yangi ro‘zg‘or" tajribasi asosida voish usulida uzum yetishtirish hamda 20 ta o‘rdakchilikni yo‘lga qo‘yish loyihalarini taqdimot qildi.
Shuningdek, tumanning "Yangi kuch" mahallasida 22 ta xizmat turini ko‘rsatuvchi "Yangi kuch" mahalla servis kompaniyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Umumiy qiymati 350 mln so‘m bo‘lgan MSK 11 turdagi zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, hududdagi mavjud infratuzilma muammolarini hal etish va kommunal servis xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradi.
Tashrif yanunida "Nurafshon" mahallasida joylashgan bir kunlik aralash hamda chorva mollari bozorini zamonaviy savdo kompleksiga aylantirish orqali rekonstruksiya qilish loyiha taqdimoti bilan tanishildi.









