Terniz tumanida yangidan qurilgan shifoxona foydalanishga topshirildi.
2025-01-20 15:45:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning "2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, mazkur tibbiyot maskanini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan 15,5 milliard so‘m mablag‘ hisobiga 80 o‘rinli, xususan, 20 o‘rinli xirurgiya, 40 o‘rinli terapiya va 20 o‘rinli akusher-ginekologiya bo‘limlari uchun binolar qurildi hamda 2 milliard so‘mlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, mavjud 40 o‘rinli tug‘ruq bo‘limi va 100 qatnovli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika binolari to‘liq rekonstruksiya qilindi.
Viloyat rahbari 1972-yilda qurilgan, ma’nan eskirgan tibbiyot maskanining yangidan qurilishi Prezidentimizning sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va aholi salomatligini asrash masalalariga qaratayotgan e’tiborlari natijasi ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari tumanning "Jo‘yjangal" mahallasi hududida M41 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘yida qurilishi rejalashtirilgan avtovokzal loyihasi bilan tanishdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Sariosiyo aeroportini rekonstruksiya qilish hamda Boysun tumanidagi "Xangaransoy" sel-suv omborida nasos stansiyasi va suv uzatish quvurlarini qurish loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.









