🧑💻 “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi bilan IT mutaxassisi bo'ling!
2025-01-09 19:10:00 / Yangiliklar
IT sohasida yosh iqtidorli mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini olib boruvchi “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi navbatdagi saralash Intensiviga arizalarni qabul qilishni davom ettirmoqda.

📆 Arizalar qabuli 22-yanvar kuniga qadar davom etadi.
❗️Saralash Intensivi - bu 26 kun davomida IT olamiga sayohat qilish imkoniyatidir. Uning doirasida ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni bajaradilar, kod yozishni o‘rganadilar va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar.
☝️ Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilar Asosiy ta’limga qabul qilinadi. Bu yerda ular dasturlash tillarini o‘rganishlari, majburiy amaliyot o‘tashlari va mamlakatning eng yirik IT kompaniyalarida ish topishlari mumkin.





