ÖZBEKİSTON VA AFĞONİSTON ÖRTASİDA SAVDO-İQTİSODİY HAMKORLİKNİ KENGAYTİRİŞ MASALALARİ MUHOKAMA QİLİNDİ
2026-11-10 17:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston va Afğoniston örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportini köpaytiriş hamda transport-logistika imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari Özbekiston delegatsiyasining Afğonistonga taşrifi davomida muhokama qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Irgaşev hamda Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi delegatsiya Balx viloyati markazi Mazori-Şarif şahriga taşrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolarini Hayraton çegara ötkaziş punktida Balx viloyati hokimining örinbosari Nurulhodi Abu Idris boşçiligidagi mas’ullar kutib oldi.
Taşrifning dastlabki manzili şahar markazida barpo etilayotgan Alisher Navoiy yodgorligi böldi. Ğoziylar qal’asi deb nomlangan markaziy köçada qad rostlayotgan mazkur yodgorlik Özbekiston muhandislari tomonidan loyihalaştirilgan bölib, ayni paytda quriliş işlari jadal olib borilmoqda.
Şundan söng Özbekiston delegatsiyasi Balx viloyati hokimligida Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri Ataullo Umariy hamda Balx viloyati hokimi Muhammad Yusuf Vafo bilan uçraşuv ötkazdi. Muloqotda ikki mamlakatning tegişli idoralari mas’ullari va tadbirkorlari ham iştirok etdi.
Uçraşuvda Afğonistonda yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Özbekiston bozoriga yetkazib beriş, şuningdek, mamlakatimiz hududi orqali uçinçi davlatlarga eksport qiliş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi. Xususan, afğon dehqonlari yetiştirayotgan höl va quruq mevalarni xarid qiliş, ularni saqlaş va taşiş, eksport hajmini oşiriş böyiça takliflar körib çiqildi.
Bu borada temir yöl va avtomobil transporti imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, çegaradagi ötkaziş punktlari va bojxona xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, yuklarni rasmiylaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş hamda çegara punktlarida 24 soatlik iş rejimini yölga qöyiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, uçraşuvda Amudaryo qirğoqlarini mustahkamlaş, daryo özanining özgarişi bilan boğliq xavflarning oldini oliş va qirğoqböyi hududlar xavfsizligini ta’minlaş masalalari ham muhokama qilindi.
Mazkur muloqot ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytiriş, tadbirkorlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş va özaro manfaatli savdo aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.









