Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Surxondaryoga keldi
2024-10-17 10:00:00 / Yangiliklar

Bugun mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan islomshunos olimlari, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilari bilan birga Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning o‘nga yaqin davlatidan taniqli olim va ulamolar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Mehmonlar orasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Misr Arab Respublikasi bosh muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, Qatar Xalqaro musulmon ulamolar kengashi raisi Ali Muhyiddin Qoradog‘i, Hindiston Ulamolari uyushmasi raisi Arshad Madaniy, Turkiyaning Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez kabi taniqli ulamolar bor.
