Denovda bolalar shifoxonasi zamonaviy tibbiyot maskaniga aylandi
2026-09-24 22:00:00 / Yangiliklar

Bolalar salomatligini asrash, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish sog‘liqni saqlash tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Denov tumanida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2-son hududiy bolalar shifoxonasi kapital ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.
Shifoxona hududida qo‘shimcha ravishda 100 o‘rinli yangi davolash binosi ham bunyod etildi. Qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun jami 25 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi bino zarur tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlandi. Bu esa bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, davolash jarayonlarini samarali tashkil etish hamda bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.








