Termiz shahrida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi
2026-09-22 21:00:00 / Yangiliklar

Termiz shahrida aholiga jamoat transporti xizmatlarini yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida 2-sonli yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi.
Endilikda fuqarolar Termiz avtoshoxbekati va Istiqbol maydoni o‘rtasida mazkur yo‘nalish orqali qatnashlari mumkin.
🚌 2-sonli avtobus yo‘nalishi:
Termiz avtoshoxbekati ↔️ Istiqbol maydoni
Avtobuslar quyidagi asosiy ko‘chalar orqali harakatlanadi:
📍 Shimoliy Darvoza ko‘chasi
📍 Ibn Sino ko‘chasi
📍 Al-Termiziy ko‘chasi
📍 A. Navoiy ko‘chasi
📍 I. Karimov ko‘chasi
Yo‘nalish davomida aholi gavjum yashash hududlari hamda muhim ijtimoiy obyektlarga transport xizmati ko‘rsatiladi.
Yangi yo‘nalishning ishga tushirilishi jamoat transporti qamrovini kengaytirish, aholining manzillariga qulay va xavfsiz yetib borishi uchun sharoit yaratish hamda transport xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shahar bo‘ylab qatnovlaringizda 2-sonli avtobus yo‘nalishidan foydalanishingiz mumkin.
📍 Yo‘nalish sxemasi va avtobuslarning harakat yo‘li yuqoridagi xaritada batafsil ko‘rsatilgan.


