Termizda 5 mingdan ziyod ishtirokchi ommaviy yugurish marafonida qatnashdi
2026-09-22 20:00:00 / Yangiliklar

Termiz shahrida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni sportga jalb etish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “Silk Road Uzbekistan”, “Talaba yugur” va “Inson uchun” ommaviy yugurish marafonlarining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.
Sport tadbirida 5 ming nafardan ziyod sportsevar yoshlar, talabalar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.
Marafon davomida ishtirokchilar 3 kilometr masofani bosib o‘tib, belgilangan marraga ko‘tarinki kayfiyat va katta ishtiyoq bilan yetib kelishdi.
Tadbir Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, oliy ta’lim muassasalari hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.
Musobaqa yakunida yuqori natija qayd etgan hamda faol ishtirok etganlar tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






