Abdul Vahhob Rashidov Aichi-Nagoyada Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi!
2026-09-22 18:00:00 / Yangiliklar

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan XX Osiyo o‘yinlarida karate bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, surxondaryolik Abdul Vahhob Rashidov -67 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda musobaqaning rasmiy taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda yaponiyalik Yugo Kozakini mag‘lub etgan sportchimizga musobaqaning oltin medali tantanali ravishda topshirildi.
Medal topshirish marosimida g‘olibimiz sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i yuqoriga ko‘tarilib, Davlat madhiyamiz Aichi-Nagoyada baralla yangradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu muvaffaqiyat delegatsiyamiz hisobidagi dastlabki oltin medal bo‘ldi.
👏 Chempionimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!


