Sherobodda zamonaviy go‘sht do‘konlari ish boshladi
2026-09-02 23:00:00 / Yangiliklar

Sherobod tumani markaziy bozorida aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladigan zamonaviy go‘sht do‘konlari foydalanishga topshirildi.
Yangi savdo nuqtalari zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda go‘sht mahsulotlarini sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda saqlash va sotish, xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan tumanda go‘sht mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etilgan. Ayni kunlarda yarmarkada mol go‘shti 90 ming so‘mdan, qo‘y go‘shti esa 110 ming so‘mdan sotilmoqda.
Aholiga qulaylik yaratish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash va bayram kunlarida dasturxonlar fayzini oshirishga qaratilgan bunday yarmarkalar davom ettiriladi.





