Xitoy kompaniyasi bilan istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi
2026-06-13 17:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va zamonaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning "Wanlin Group Limited" kompaniyasi rahbari Li Yantao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda hududda zamonaviy akvapark qurish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish, shuningdek, oqova suvlarni tozalash, qayta ishlash hamda takroriy foydalanishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va aniq investitsiya tashabbuslarini ishlab chiqishga kelishildi.


