"Surxondaryo viloyati hokimi Olimpiadasi": yosh sportchilar mahorati sinovdan o‘tdi
2026-06-03 11:00:00 / Yangiliklar

Termiz shahrida yengil atletika va suzish sport turlari bo‘yicha "Surxondaryo viloyati hokimi Olimpiadasi" musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar ishtirok etib, o‘z mahorati hamda jismoniy tayyorgarligini namoyon etdilar.
Musobaqalar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iste’dodli va istiqbolli sportchilarni aniqlashga xizmat qildi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bahslarda yosh sportchilarning matonati, chidamliligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, keyingi bosqich yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdilar.






