📢 Aziz vohadoshlar va viloyatimiz mehmonlari diqqatiga!
2026-06-01 20:00:00 / Yangiliklar

👫 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda "Salomatlik marafoni" munosabati bilan bugun soat 19:00 dan boshlab Termiz shahridagi Mustaqillik maydonida ("Bolajon" bog‘i hududi) bayramona gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
👨👩👧👦 Mazkur konsert dasturi "Surxondaryo" teleradiokanali orqali soat 20:00 dan keyin jonli efirda namoyish etiladi.
Konsert dasturida o‘zbek estradasining taniqli xonandalari Gulinur hamda Jasur Mavlonov ishtirok etib, o‘zlarining dilbar qo‘shiqlari bilan yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashadi.
Barchangizni quvonch va yuqori kayfiyatga boy ushbu madaniy tadbirga taklif etamiz!
🔹 Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
https://t.me/tvsurxon?livestream
