"Sangardak" turizm markazida yangi obyektlar foydalanishga topshirildi
2026-06-01 19:00:00 / Yangiliklar

Bugun 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sariosiyo tumanidagi "Sangardak" turizm markazida madaniy-ko‘ngilochar bayram tadbiri hamda yangi turizm va oilaviy dam olish maskanlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida zamonaviy turistik infratuzilmani kengaytirishga qaratilgan bir qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, ziplayn attraksioni, ko‘l bo‘ylab qayiq sayri xizmati, tog‘ halinchagi, zamonaviy dam olish uylari, shale uylari hamda "Uz Bur" restorani ish boshladi.
Bayram tadbiri davomida bolajonlar uchun konsert dasturlari, qiziqarli sahna chiqishlari va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Shuningdek, bolalarga bayram sovg‘alari ulashilib, ularning quvonchiga sherik bo‘lindi.
Ta’kidlanganidek, mazkur loyihalar hududning turizm salohiyatini yanada oshirish, aholi va mehmonlar uchun zamonaviy hamda qulay dam olish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu obyektlar 615 gektar maydonda barpo etilayotgan "Sangardak" turizm majmuasi doirasida amalga oshirilmoqda.









