🏆 Surxon yoshlari yana bir bor respublikada yetakchi ekanini namoyon etdi
2026-05-21 22:00:00 / Yangiliklar

Joriy yil 18–20-may kunlari Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilgan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli talabalar milliy sportimiz — kurash bo‘yicha bellashib, g‘oliblik uchun munosib bahs olib bordilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Termiz davlat universiteti sportchilari 5 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek:
🥈-o‘rin - Qoraqalpog‘iston davlat universiteti — 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali;
🥉-o‘rin - Jizzax davlat pedagogika universiteti — 2 ta oltin va 1 ta kumush medali;
🥉-o‘rin - Navoiy davlat universiteti — 2 ta oltin va 1 ta bronza medali sohibiga aylandi.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning jismoniy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
