🥊 Termiz — xalqaro va professional sport musobaqalari markaziga aylanmoqda
2026-05-21 21:00:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda Termiz shahri mamlakatimizda yirik sport tadbirlari o‘tkaziladigan muhim maskanlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Ayni paytda shahardagi "Alpomish" kurash majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan mahoratli sportchilar ishtirok etib, muxlislarga qiziqarli va murosasiz bahslarni namoyish etmoqda.
Bunday nufuzli sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, boks sportiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yangi iste’dodlarni kashf etish hamda hududning sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash joiz, Termiz shahri bugunga qadar ham qator yirik sport musobaqalariga muvaffaqiyatli mezbonlik qilib kelmoqda.
Jumladan:
— "Uzbek Tigers" ishtirokidagi xalqaro boks bahslari;
— professional boks turnirlari;
— MMA kechalari;
— xalqaro kurash musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilgan.
Mutaxassislar fikricha, shahardagi boy sport an’analari, muxlislar faolligi hamda zamonaviy sport infratuzilmasi Termizni mamlakatimizning janubiy hududidagi yirik sport markazlaridan biriga aylantirmoqda.









