✈️ Surxondaryoliklar uchun yana bir qulay imkoniyat!
2026-05-21 16:00:00 / Yangiliklar

- Joriy yil 30-may kunidan boshlab FLY KHIVA aviakompaniyasi tomonidan Termizdan Istanbul shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
- Endilikda viloyat aholisi zamonaviy Boeing-747 havo kemalarida qulay va hamyonbop narxlarda sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
- 🗓 Qatnovlar har hafta:
- — chorshanba;
- — shanba kunlari amalga oshiriladi.
- 🕗 Samolyot Termizdan ertalab soat 07:55 da parvoz qilib, yo‘lovchilarni tushlikka qadar Istanbulga yetkazadi.
- Shuningdek, qaytish reyslari ham aholi uchun yanada qulay tarzda tashkil etilgan bo‘lib, yo‘lovchilarning bir kunda manziliga qaytishi uchun imkoniyat yaratiladi.
- Mazkur yangi aviayo‘nalish turizm, tadbirkorlik va xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish, aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
