🥊 Surxondaryoda professional boks kechasi o‘tkaziladi
2026-05-20 18:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21-may kuni soat 17:00 da Termiz shahridagi "Alpomish" kurash majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli sport tadbirida yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan kuchli va tajribali charm qo‘lqop ustalari ringga ko‘tarilib, muxlislarga qiziqarli va murosasiz bahslarni taqdim etadi.
Musobaqada vohamiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar ham ishtirok etadi.
Barcha sport ixlosmandlari va boks muxlislarini ushbu professional boks kechasiga taklif etamiz!
