Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
2026-05-12 10:00:00 / Yangiliklar

Ashurov Oybek Qurbonovich Surxondaryo viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O.Ashurov 1988-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Malaka darajasi — 3-darajali xizmatchi.
U mehnat faoliyati davomida turli yillarda Sherobod va Sho‘rchi tumanlari hokimliklarida turli vazifalarda, xususan, hokim o‘rinbosari lavozimida, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimligi Ijro apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, viloyat hokimining avvalgi o‘rinbosari Ilhom Saparov Jarqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan.
