🥋 Polvonlar yurti Surxondaryoda nufuzli dzyudo musobaqasi davom etmoqda
2026-05-08 16:00:00 / Yangiliklar

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumanining Nurli diyor mahallasida yirik dzyudo musobaqasi tashkil etildi.
Nufuzli sport bellashuvlarida vohamiz polvonlari bilan bir qatorda yurtimizning turli hududlari hamda xorijiy davlatlardan kelgan xalqaro musobaqalar va Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari ishtirok etmoqda.
Musobaqa doirasida dzyudochilar -66, -73, -90 va +90 kilogramm vazn toifalarida g‘oliblik uchun tatamiga chiqishmoqda.
An’anaviy tarzda To‘xta bobo Qodirov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan ushbu turnirning eng qiziqarli bahslari mutlaq vazn — +90 kilogramm toifasida bo'lib o'tmoqda. Ushbu yo‘nalish g‘olibi bosh sovrin — "Cobalt" avtomobili bilan taqdirlanadi.
Ayni paytda musobaqalar murosasiz va qizg‘in ruhda davom etmoqda.






