🏦Talaba Expo–2026 Surxondaryo — yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoni
2026-04-29 10:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida "Talaba Expo–2026" kasb ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.
📅 Ko‘rgazma joriy yilning 29-aprel kuni,
📍 Bobur istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada:
◻️100 dan ortiq korxona va tashkilotlar ishtirok etadi;
◻️1300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari taqdim etiladi;
◻️Yoshlar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qiladi;
◻️Tadbirkorlik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma’lumot oladi.
Mazkur tadbir yoshlar uchun o‘z kasbiy yo‘lini belgilash, ish topish yoki shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbir tashkilotchilari:
— O‘zbekiston Milliy banki
— Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
— Surxondaryo viloyati hokimligi
— Yoshlar ishlari agentligi
— Savdo-sanoat palatasi
💼 Ish qidirayotganlar, bitiruvchilar va talabalarni mazkur imkoniyatlar maydonida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
