Davlat auditi va moliyaviy nazorat: ustuvor vazifalar muhokama qilindi
2026-04-25 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati miqyosida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda Prezidentimizning 2025-yil 18-dekabrdagi PF–252-son Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, davlat xaridlari hamda investitsiya loyihalari ustidan nazoratni kuchaytirish, qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarni tizimli yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, infratuzilma obyektlarini amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy xavf-xatarlarni oldindan baholash hamda ularni tahlil qilish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bunday seminarlar hududlarda moliyaviy intizomni mustahkamlash, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


