Korrupsiyaga qarshi kurashish — ustuvor vazifa
2026-04-16 16:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga hududiy Kengash raisi A.Choriyev rahbarlik qildi. Unda Kengash a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli doimiy komissiyasi a’zolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat prokurori B. Babadjanovning axboroti tinglandi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda qishloq xo‘jaligi sohalari mas’ullarining hisobotlari atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaviy holatlar ko‘paygani tanqidiy ko‘rib chiqilib, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida barcha sohalarda korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.





