"Gazanfar Group" kompaniyasi rahbari G‘azanfar Muhammad Ibrohim, shuningdek, O‘zbekistonning Mazori Sharif shahridagi Bosh konsuli Jafar Fattoyev ishtirokida Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-04-02 18:00:00 / Yangiliklar

Balx viloyati Savdo-sanoat palatasi raisi va "Gazanfar Group" kompaniyasi rahbari G‘azanfar Muhammad Ibrohim, shuningdek, O‘zbekistonning Mazori Sharif shahridagi Bosh konsuli Jafar Fattoyev ishtirokida Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksport va import hajmini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, to‘qimachilik sanoati yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish, logistika zanjirlarini takomillashtirish va hududlararo iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, biznes muhitini yanada yaxshilash hamda o‘zaro ishonchli sheriklikni mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida kelgusida aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va amaliy hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


