Surxondaryoda 1 168 nafar fuqaroning yer va mulk huquqlari e’tirof etildi
2026-03-30 15:00:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunlariga ko‘ra, jami 1 168 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, mulkiy nizolar, jumladan meros bilan bog‘liq masalalarga yechim topiladi. Eng muhimi, bu jarayon aholining ijtimoiy kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi kunga qadar jami 7 676 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil ravishda davom etmoqda.


