Termiz nufuzli xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda
2026-03-30 19:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatidagi "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasida "O‘zbekiston – Rossiya: Yevrosiyo makonida strategik sheriklik" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi.
Anjuman ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun muntazam muloqot va yechimlarni ishlab chiqishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Rossiya Federatsiyasining "Valday" xalqaro munozara klubi o‘rtasidagi doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar platformasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Nufuzli anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, "Valday" xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi raisi Andrey Bыstritskiy, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar barqaror, pragmatik xususiyatga ega bo‘lib, aniq loyihalar atrofida qurilgani va hamkorlikning mustahkam institutsional bazasiga tayanishini ta’kidladi.









