Airitom Free Zone hududida "Ramazon yarmarkasi"ga start berildi
2026-03-13 22:00:00 / Yangiliklar

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida Airitom Free Zone hududida "Ramazon yarmarkasi" tashkil etildi.
Mazkur yarmarka O‘zbekiston hamda Afg‘oniston tadbirkorlari ishtirokida o‘tkazilib, unda aholi uchun kundalik ehtiyojdagi turli xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar narxida va arzonlashtirilgan tarzda taklif etilmoqda.
Yarmarkada quyidagi mahsulotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratilgan:
— un va o‘simlik yog‘i;
— tuxum;
— dori-darmon vositalari;
— turli xil shirinliklar;
— boshqa oziq-ovqat va xalq iste’moli mollari.
Shuningdek, xaridorlar uchun keng turdagi mahsulotlar, qulay narxlar va ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulgurji narxlarda xarid qilish imkoniyati mavjud.
Barcha fuqarolarni ushbu yarmarkaga tashrif buyurib, arzon va sifatli mahsulotlardan foydalanishga taklif etamiz.
📍 Manzil: Termiz tumani Ayritom mahallasi, Airitom Free Zone, B-blok avtoturargoh hududi.








