Surxondaryo viloyati sudiga yangi rais tayinlandi
2026-03-07 12:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-martdagi Farmoniga muvofiq, Tolib Saydullayevich Bayzakov Surxondaryo viloyati sudi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan bugun viloyat sudi binosida yangi raisni tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islamov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi bugunga qadar Surxondaryo viloyati sudi raisi sifatida faoliyat yuritgan, hozirda pensiyaga kuzatilayotgan Abulqosim Ro‘ziqulovning ko‘p yillik samarali mehnati hamda sud-huquq tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, yangi tayinlangan raisga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va yuksak natijalar tiladi.
Tadbirda sud organlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.








