💼 Tayinlov
2026-03-04 13:00:00 / Yangiliklar

Alisher Muradov 1990-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2021-yilda Toshkent davlat agrar universitetini bakalavr darajasida, 2023-yilda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini magistr darajasida tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — meva-sabzavotchilik va uzumchilik, agronomiya hamda iqtisodiyot. Malaka darajasi — 2-darajali xizmatchi.
Mehnat faoliyati davomida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar, 2025-yildan Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
