Vohamiz aholisi diqqatiga!
2026-03-03 17:05:00 / Yangiliklar

Muborak Ramazon oyi — mehr-oqibat, saxovat va ezgu amallar oyi munosabati bilan yurtimizda yana bir xayrli tashabbus amalga oshirilmoqda.
🤝 Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Turkiyaning nufuzli klinikalaridan yuqori malakali neyroxirurg, umumiy xirurgiya va plastik jarrohlik mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyatida chuqurlashtirilgan tibbiy-ko'rik tashkil etilmoqda.
🔝 Sana: 2026-yil 4-5-mart kunlari.
📍Manzil: Surxondaryo viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi.
💸 Barcha xarajatlar Bolalar Fondi tomonidan bepul amalga oshiriladi.
❗️Eslatma: 4-5 mart kunlari faqat tibbiy-ko'rik o'tkazilib, keyingi bosqichda operatsiya qilish uchun bemor bolalar saralab olinadi.
