Rossiyalik investorlar bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi
2026-02-05 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi qabuli doirasida Rossiya Federatsiyasining "Grin Vorld Forestri" MCHJ bosh direktori Viktor Skovorodnikov hamda investor Filip Bolotov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda investorlar bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati hududida pavloniya hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, Sherobod tumanida pavloniya yetishtirish loyihasining borishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, hamkorlikni kengaytirish, mahsulot yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.


