Polsha kompaniyalari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-02-05 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Polsha davlatining "Fasing S.A." kompaniyasining sharqiy bozorlar bo‘yicha direktori Yan Davidovski, "Konko S.A." kompaniyasining konstruktorlik bo‘limi direktori Kshishtof Mazurek hamda "GMS Sp. z o.o." kompaniyasi prezidenti Yeji Serugani qabul qildi.
Uchrashuvda Polsha kompaniyalarining faoliyat yo‘nalishlari va salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha turli sohalar kesimida takliflar bildirildi.
Mazkur kompaniyalar bilan viloyat ehtiyojlari uchun zarur texnika va asbob-uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.



