Termiz xalqaro savdo markazi - Airitom free zoneda bir hafta davomida bayramona muhit!
2026-02-04 10:15:00 / Yangiliklar

📢 Hurmatli surxondaryoliklar va mehmonlar!
Termiz xalqaro savdo markazi hududida hafta davomida turli tashkilotlar hamkorligida madaniy-ma’rifiy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar aholi va yoshlar uchun mazmunli hordiq, bilim va tajriba almashish imkonini yaratadi.
🔝4-fevral:
➖Termiz davlat tibbiyot universiteti filiali talabalari va mahalliy aholi uchun "Akfa-Medline" klinikasi bilan tanishuv;
➖Sog‘‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan homilador ayollar o‘rtasida infeksion kasalliklarning oldini olish va zamonaviy davolash usullari mavzusida seminar;
➖Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyati bo‘limi tomonidan ma’rifiy uchrashuv;
➖Sport boshqarmasi tomonidan xalq o‘yinlari;
➖Madaniyat boshqarmasi tomonidan "Dorboz tomoshalari".
🔝5-fevral:
➖Ziyorat yarmarkasi va Turizm haftaligining ochilishi
➖Haftalik doirasida:
• eng yaxshi palov tanlovi;
• avtocport ishqibozlari uchun DRIFT SHOU;
➖Talabalar va afg‘on yoshlari o‘rtasida "ZAKOVAT" intellektual o‘yini;
➖Tasviriy san’at ko‘rgazmasi;
➖Turli hududlardan kelgan oshpazlar ishtirokida "SHASHLIK FESTIVALI";
➖Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi;
➖O‘zbek va Afg‘on yoshlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha xalqaro turnir.
🔝6-fevral:
➖O‘zbekiston va Afg‘oniston oshpazlari ishtirokida "OSH FESTIVALI";
➖O‘zbek va Afg‘on yoshlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha xalqaro turnir;
➖Kinolar karvoni;
➖16–30 yoshli yoshlar o‘rtasida "ZAKOVAT" o‘yini.
🔝7-fevral:
➖Qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari;
➖Sport avtomobillari ishtirokida DRIFT SHOU;
➖Tashkilot xodimlari o‘rtasida mini-futbol turniri.
🔝8-fevral:
➖Qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari;
➖Viloyat sog‘liqni saqlash va madaniyat boshqarmalari xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi;
✅Barcha tadbirlarga kirish bepul.
📍Manzil: Termiz tumani, Ayritom mahallasi "Xayraton" ko‘prigi yo‘lida
📍Joylashuv xaritasi: Geolokatsiya
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini mazkur tadbirlar taklif etamiz.
