Qumqo‘rg‘onda belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
2026-01-30 23:55:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilning 25-yanvar kuni Qumqo‘rg‘on tumaniga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida qator istiqbolli loyihalar ijrosi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab bergan edi (https://t.me/axborot_xizmati/54414).
Xususan, "Surxon kombinati" MCHJga tegishli bo‘sh binolarda temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish hamda "Janubiy Surxon suv ombori" hududida ekoturizm kompleksini barpo etish loyihalari muhokama qilingan.
Bugun mazkur topshiriqlar ijrosi joyida o‘rganilib, ekoturizm kompleksi qurilishi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan hududda ajratilgan yer maydonlarini lotlarga bo‘lish va ularni auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.
Shuningdek, "Surxon kombinati" MCHJga tegishli bo‘sh binolarda temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish klasteri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Viloyat hokimi har ikki yirik loyiha, shuningdek, boshqa drayver sohalardagi tashabbuslarni izchil amalga oshirish, belgilangan vazifalarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.






