Aziz Vatan himoyachilari, muhtaram yurtdoshlar!
2026-01-14 10:40:00 / Yangiliklar

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz.
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida milliy armiyamiz salohiyati va nufuzi tobora yuksalib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligining mustahkam kafolatiga aylanmoqda.
Olloh yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni doimo barqaror etsin. Har bir oilaga xotirjamlik, farovon hayot va baxt-saodat tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan posbonlari!
