#Sarhisob2025
2025-12-22 16:10:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida kam ta’minlangan oila a’zolariga 97 575 marotaba (49 473 nafar fuqaroga) 90 turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.
Jumladan:
▫️2 771 nafar fuqaroga psixologik va yuridik xizmatlar;
▫️171 nafar fuqaroga nogironlik belgilandi;
▫️154 nafariga reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya moslamalari;
▫️91 nafariga vasiylik belgilandi;
▫️2 139 nafariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali yordamlar;
▫️13 047 nafariga bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar;
▫️18 765 nafar fuqaro uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi xarajatlari bo‘yicha kompensatsiya olish uchun arizalar rasmiylashtirildi.
